Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida tuman hokimligida kommunal soha mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralarning mas’ul rahbarlari qatnashdi.
Yig‘ilishda 2025-yilda tumanda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, ta’mirtalab yo‘llarga asfalt yotqizish, shahar ko‘chalarini zamonaviy talablar asosida tartibga solish, mahallalarda ekologik holatni yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Nilufar Allabergenova har bir rahbarga o‘z sohasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. U aholi farovonligini oshirish, tuman infrastrukturasini yaxshilash va ekologik muammolarga yechim topish ustuvor vazifalardan ekanligini ta’kidladi.