13 Noyabr, 2025 18

Allabergenova ish kunini “Qushbegi” mahallasidan boshladi

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova oʻz ish faoliyatini “Qushbegi” mahallasida oʻtkazilgan saf yigʻilishida boshladi.

Yigʻilishda hokim oʻrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda mutasaddi idora vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab mahallaning mavjud ahvoli, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi. Nilufar Allabergenova mahallada obodonlashtirish ishlari sust olib borilayotganini qayd etib, masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Tuman rahbari hududlarni obod qilish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va fuqarolar muammolarini oʻz vaqtida hal etish muhim vazifa ekanini taʼkidladi.

Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech