Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi tomonidan tumandagi Kichik halqa yo‘lida 500 mm uzunligi 680 metr boʻlgan issiqlik quvurlari 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida eskirgan quvurlarni yangisiga almashtirish ishlari bilan tanishdi.
Oʻrganish davomida qurilish masʻullariga quvurlarni sifatli va tez muddatda bajarilishi boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtdi.