Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi, tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda 2024-yil davomida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan komissiya a’zolari tarkibi, yillik ish rejasi va nomeklaturasi tasdiqlandi.
Yig‘ilish davomida tuman hokimi Allabergenova tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek, ta’limdan chetda qolayotgan yoki ta’limdan bosh tortayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan samarali profilaktik ishlar olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Mazkur vazifalar tuman miqyosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va yosh avlod tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan.