Bugun, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Respublika ishchi guruhi aʼzolari hamrohligida tumandagi “Bogʻsaroy” mahallasiga oʻrganish olib bordi.
Ushbu oʻrganish doirasida hududda amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, koʻp qavatli uylar atrofida bolalar uchun zamonaviy oʻyin maydonchalari, yoshlar va sport ixlosmandlari uchun futbol hamda sport maydonlari barpo etilayotgani fuqarolar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olinmoqda.
Tuman hokimi ushbu loyihalarning sifatli va oʻz muddatida amalga oshirilishi muhim ekanini taʼkidlab, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalarini berdi.