Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Akademik litseyda boʻldi.
Tanishuvdan maqsad "Tashabbusli budjet" doirasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish, ularning natijadorligini koʻzdan kechirish va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni baholash edi.
Akademik litseyda amalga oshirilgan ishlar natijasida oʻquvchilar va pedagoglar uchun qulay muhit shakllantirilgani, infratuzilma yaxshilangani va taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Ayniqsa, "Tashabbusli budjet" dasturi orqali mahalliy aholi va yoshlardan kelib tushgan takliflar asosida bajarilgan loyihalar tumanda jamoatchilik bilan oʻzaro muloqotni kuchaytirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.