27 Yanvar, 2025 93

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tuman hududidagi muammolarni oʻrganish va fuqarolarning murojaatlariga yechim topish maqsadida "Dilbuloq" mahallasida joylashgan 20-uyda boʻldi.

Ushbu uyda yashovchi fuqarolar tuman hokimiga murojaat qilib, uyning yer toʻlasidagi suv muammosi haqida maʼlum qilishdi.

Murojaatni joyida oʻrgangan Nilufar Allabergenova muammoning ahamiyatini inobatga olgan holda, yer toʻlasida yigʻilib qolgan suvni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

 Shuningdek, muammoni hal etish muddatlari belgilab, ishlarni vaqtida va sifatli amalga oshirishni nazorat qilish zarurligini taʼkidladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech