28 Noyabr, 2025 7

Bugun Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida tuman hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida aholi va talabalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova ishtirok etib, aholining sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jismoniy faollikni oshirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarni erta aniqlash va ular bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tibbiy ko‘rik davomida soha mutaxassislari tomonidan yurak-qon tomir tizimi, endokrin kasalliklar, umumiy sog‘liq holati hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Fuqarolarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, profilaktik choralar va mavjud kasalliklarni davolash bo‘yicha zarur tibbiy maslahatlar berildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tibbiy ko‘riklar aholining salomatligini saqlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ularning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. Tadbir ko‘plab fuqarolarga o‘z sog‘lig‘i haqida to‘liq ma’lumot olish va amaliy tavsiyalarni qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech