Biroz oldin Yakkasaroy tumanidagi Ichki ishlar boshqarmasida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida navbatdagi tungi saflanish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda tegishli mas’ul mutasaddilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berdilar. Shu bilan birga, aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida mas’ul xodimlarga “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligini samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish va belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi tadbirlar poytaxtimizda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.