15 Aprel, 2025 48

Toshkent shahrida tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

🖇 Shulardan biri – Yakkasaroy tumanidagi “Muhandislar” mahallasi, Bobur ko‘chasida barpo etilayotgan “ZARAFSHON BUILDINGS”MCHJ tomonidan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binolari va qo‘shma funksiyali biznes markazi qurilishidir.

👍 Ushbu loyiha doirasida umumiy qiymati 80 million AQSH dollariga teng ikkita ko‘p qavatli turar-joy majmuasi, ularning quyi qavatlarida esa mehmonxona, restoran va turli xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy biznes markazi barpo etilayotgani loyihaning keng ko‘lamliligidan dalolat beradi.

✨ Bugun mazkur qurilish maydonida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh.Raxmanov, shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIB FMB boshlig‘i A.Murodov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari J.Ergashev hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

👉 Ayni paytgacha loyihaga 70 million dollarlik investitsiya yo‘naltirilgan bo‘lib, joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar obyektlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu majmua ishga tushgach, 400 nafardan ortiq fuqarolar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech