Bugun, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Yakkasaroy kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasida bo‘lib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan muhim loyihalar, xususan, binolar tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etish joizki, bu kabi zamonaviy energetika loyihalari nafaqat sanoat zonalarida ekologik tozalikni ta’minlash, balki energiya samaradorligini oshirish, istiqboldagi iqtisodiy tejamkorlikni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hokim tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganish davomida qurilma va jihozlar sifati, loyihaning amaliy bosqichlari, shuningdek, undan kutilayotgan natijalar xususida mutaxassislar bilan suhbatlashildi. Mazkur tashabbus doirasida kelgusida sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, uchrashuvda hokim direksiya rahbariyatiga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi va bu kabi loyihalarni yanada kengaytirish lozimligini ta’kidladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati