Bugungi kunda Yakkasaroy tumanida aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yangilash va shinam muhitni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ta’mirlash va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hududni kompleks rivojlantirish, ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash, mahallalarni tozalash va obodlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ularning sifatli va tizimli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Shavkat Ergashev boshchiligida ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mahalla raislari, tuman kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari rahbarlari, soha mutasaddilari ishtirok etdilar. Unda har bir rahbar va hudud mas’ulining o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosiga qanday yondashayotgani, olib borilayotgan ishlarning holati tanqidiy muhokama qilindi.
Aniq vazifalar – aniq mas’uliyat!
Tadbir davomida tuman hokimi har bir mutasaddiga aniq topshiriqlarni belgilab berdi. Jumladan:
Hududlarda doimiy tozalikni saqlash,
Yashil hududlarni kengaytirish,
Yo‘llar, piyodalar yo‘laklari va yoritish tizimlarini ta’mirlash,
Mahalla ko‘chalarini obod va ko‘rkam holda saqlash,
Aholining taklif va murojaatlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni kechiktirmasdan amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu yig‘ilish – Yakkasaroy tumanini yanada obod, toza va yashnagan hududga aylantirish yo‘lida har bir rahbar va fuqarodan faol ishtirok, fidokorlik va mas’uliyat talab etilishini yana bir bor eslatdi.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati