Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev hamda tegishli soha mutasaddilari tumandagi 132-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi.
O‘rganish davomida tashkilotning bino-inshootlarning holati, muassasada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Jumladan, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar – bog‘chaning fasadini ta’mirlash, isitish tizimini yangilash, ta’mirtalab xonalarni rekonstruksiya qilish kabi masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, tuman hokimi bog‘chaning oshxonasini ham ko‘zdan kechirdi.
Bolalarga taqdim etilayotgan ovqatlar sifati, menyusi va ratsioni bilan tanishib, gigiyenik talablar asosida tashkil etilganini alohida ta’kidladi.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati