4 Mart, 2025 104

 Bugun Yaksaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va sektor rahbarlari tumandagi "Yakkasaroy" mahalla guzarida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlili bilan tanishdilar.

Mazkur qarorda 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli ravishda hal etish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda "Mahalla yettiligi"ning oʻrni katta ekani taʼkidlandi.

 Yigʻilish davomida "Mahalla yettiligi" va mutasaddi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash borasidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilish soʻngida mutasaddilar mahalla hayotida fuqarolar faolligini oshirish, ijtimoiy masalalarni tizimli hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini taʼkidladilar.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech