12 Mart, 2025 49

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning turli hududlarida zamonaviy sport majmualari barpo etilmoqda, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu esa yosh sportchilarimizning katta g‘alabalarga erishishida muhim omil bo‘lmoqda.

Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Qushbegi Plaza” mehmonxonasida tuman hokimi Nilufar Allabergenova yosh sportchilar bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda turli sport yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlar ishtirok etib, o‘z yutuqlari va kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdilar. Tuman hokimi ularni qutlab, sportning yoshlar hayotidagi ahamiyati va davlatimiz tomonidan bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, “Belariq” mahallasida yashovchi 14 yoshli Sagdullayev Jahongirning yutug‘i alohida e’tirof etildi. U 5-8-mart kunlari Italiyada bo‘lib o‘tgan Kikboksing bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida 45 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu g‘alaba yurtimiz sportchilarining xalqaro maydonda tobora e’tirof etilayotganining yana bir yorqin dalilidir.

Uchrashuv davomida Nilufar Allabergenova chempionimizga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi. U yosh sportchilarni kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishga, doimiy mehnat va intilish bilan yangi g‘alabalarga erishishga undadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech