1 Fevral, 2025 170

Bugun Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universitetida yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Toshkent shahar Yoshlar ishlari agentligi boshlig'i Bobur Mirzayev, hokim o‘rinbosari, tuman bo‘limi mas’ullari ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif istaklari bilan tuman hokimi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq suhbat qurdilar.

Bugun har bir yoshni tinglash, ularning muammolariga yechim topishda rahbar, mutasaddilarning amaliy yordami katta samara beradi. Qolaversa, bu yoshlarning jamiyat va davlat hayotida o‘z pozitsiyasi borligi, yurt taraqqiyotiga daxldorligini anglab yetishida poydevor vazifasini o‘tasa, ajab emas.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech