14 Mart, 2025 25

Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan 48-sonli umumta’lim maktabida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasining tuman bosqichiga start berildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari O.Rixsiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari, ta’lim muassasalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqa yosh avlodni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, ularda jasorat va mas’uliyat hissini shakllantirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Musobaqa jarayonida yosh qutqaruvchilar o‘zlarining zukkoligi, tezkorligi va jamoaviy ishlash mahorati bilan ajralib turishdi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, g‘olib jamoalar keyinchalik shahar bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech