14 Mart, 2025 45

Xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida joylashgan 48-sonli umumta’lim maktabida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasining tuman bosqichiga start berildiTadbirda tuman hokimining o‘rinbosari O.Rixsiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari, ta’lim muassasalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqa yosh avlodni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, ularda jasorat va mas’uliyat hissini shakllantirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Tashkil etilgan bellashuvda ishtirokchilar turli sinovlardan o‘tishdi.

Jumladan, ular o‘t o‘chirish vositalari bilan ishlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish kabi muhim ko‘nikmalarni namoyish etishdi.

Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha o‘zlarining zukkoligi, tezkorligi va jamoaviy ishlash mahorati bilan ajralib turishdi. Tadbir yakuni bo‘yicha 1-o‘rin 172-maktab, 2-o‘rin 144-maktab, 3-o‘rin esa 26-sonli umumta’lim maktab javosiga nasib qildi. G‘oliblarga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech