13 Mart, 2025 27

Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili millionlab daraxtlar ekilib, yurtimizning yanada go‘zal va musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Yakkasaroy tumani "Yakkasaroy" mahallasida tuman hokimi va mahalla deputati tashabbusi bilan hashar tashkil etildi. Tadbir doirasida mahalliy aholi, yoshlar va faol fuqarolar ishtirokida 150 tup mevali daraxtlar ekildi.

Ushbu ezgu tashabbus tumanda ekologik muhitni yaxshilash, havo sifatini oshirish va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. Daraxt ekish nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki kelajak avlodga so‘lim va musaffo maskan qoldirish yo‘lida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Yakkasaroy tumani hokimligi kelgusida ham “Yashil makon” harakati doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni davom ettirib, tuman hududida yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha izchil ish olib borishini ta’kidladi.

Har bir ekilgan nihol – kelajakka qo‘yilgan ulkan qadamdir!

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech