Bugun Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i A.Murodov va mahalla yettiligi ishtirok etdilar.
Tashkilotchilar bu kabi tadbirlarning atrof-muhitni asrash, shahar ekotizimini yaxshilash hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidlashdi.