2 Aprel, 2025 71

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 58-sonli oilaviy poliklinikada aholining salomatligini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir tuman tibbiyot birlashmasi hamda 58-sonli oilaviy poliklinika hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – aholining salomatligini tizimli ravishda nazorat qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va oldini olish, shuningdek, fuqarolar orasida tibbiy madaniyatni oshirishdan iborat.

Ko‘rik davomida yurak-qon tomir kasalliklari, endokrin tizim muammolari, nevrologik kasalliklar, ko‘z va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastaliklarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Shifokorlar aholiga kerakli tavsiyalarni berib, zarur hollarda chuqurlashtirilgan tekshiruvlar uchun yo‘llanmalar taqdim etishdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech