13 Mart, 2025 8

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova "Yakkasaroy yosh volontyorlar guruhi" bilan birgalikda Salar kanali bo‘yidagi hududni obodonlashtirish ishlarini olib bordi

Tashabbus doirasida kanal bo‘yidagi daraxtlar va toklar tartibga keltirilib, atrof tozalandi hamda hudud yanada ko‘rkam holatga keltirildi.

Mazkur hasharda yosh volontyorlarning faol ishtirok etgani alohida e’tiborga loyiq.

Ularning bunday tashabbuslarda qatnashishi nafaqat hududni obod qilish, balki jamiyatga daxldorlik hissini oshirish, ekologik muhitni asrab-avaylash va vatanparvarlik ruhini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech