Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida xalqimizning eng aziz va ardoqli bayramlaridan biri Navro‘z keng nishonlandi. Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimiz, san’at va ijodkorlik bilan bog‘liq qator tadbirlar tashkil etildi.
Bayram tantanasida Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, institut rektori Abbosjon Mirzoraximov, faxriy mehmonlar, mahalla faollari hamda institutning ijodkor talabalari ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi Navro‘zning milliy an’analarimizdagi o‘rnini namoyish etish, yoshlarni san’at va hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmada talaba-yoshlarning qo‘l mehnati mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari hamda rassomchilik asarlari namoyish etildi. Talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan, Navro‘zga xos go‘zallikni o‘ziga singdirgan noyob asarlarni taqdim etdilar.
Tadbir davomida institut talabasi tomonidan tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning suratini mohirlik bilan chizib, unga esdalik sovg‘a sifatida taqdim etdi. Bu ezgu tashabbus barchada iliq taassurot qoldirdi.
Shuningdek, bayram shukuhi san’atkorlarsiz tasavvur etilmaydi. Tadbir davomida el sevimli xonanda va san’atkorlari o‘zining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga yanada fayz kiritdi. Ularning jo‘shqin ijrosi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.