Bugun Yakkasaroy tumanidagi "Dilbuloq" mahallasida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi, tumandagi kommunal soha xodimlari va bir qator tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.
Saf yig‘ilishida Yakkasaroy tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berib o‘tildi.