Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Ko‘ksaroy" qarorgohida iftorlik tadbirida ishtirok etdi.
Yakkasaroy tumanidagi "Navro‘z" koshonasida ham tumandagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Ramazon oyi nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Muborak Ramazon munosabati bilan Prezident tomonidan ehtiyojmand oilalar vakillari uchun tashkil etilgan iftorlik xalqimizga xos, insoniylikning yuksak ko‘rinishini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatlarimizning bir ko‘rinishi bo‘ldi.