Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash va ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘mak berish, ularning hayot sifatini yaxshilash va iqtisodiy farovonlikni oshirishga qaratilgan.
🗣 Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda hokim o‘rinbosarlari "Dilbuloq" mahallasidagi 18-uy, 4-xonadonda yashovchi kam ta’minlangan fuqaro xonadonida bo‘ldilar.
🗣️ Ular ushbu oilaning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, ularning ehtiyoj va muammolarini tingladilar.
👍 O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar, mavjud imkoniyatlar va kelgusida amalga oshiriladigan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida fikr almashildi. Mahalliy hokimiyat vakillari oilaning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolarni hal qilishga ko‘maklashish, zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildilar.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati