Yakkasaroy tumanida sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh sportchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
👉 Bugun “Ochiq budjet” dasturi doirasida Yakkasaroy tumanidagi suv sport maktabida taʼmirlash ishlari olib borildi.
📎 Mazkur sport maskani yoshlarning suzish sporti bilan shug‘ullanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning faoliyatini rivojlantirish va yanada yaxshilash bo‘yicha muntazam ishlar olib borilmoqda.
👉 Shu munosabat bilan Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari suv sport maktabiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🗣 Tanishuv davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, taʼmirlash ishlari sifati va sportchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
💠 Yosh sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, ularga taqdim etilayotgan imkoniyatlar ham ko‘zdan kechirildi. Suv sportining mamlakatimizda ommalashib borayotgani, uning xalqaro miqyosda yutuqlarga erishishdagi o‘rni alohida eʼtirof etildi.