24 Mart, 2025 28

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Respublika ishchi guruhi shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori hamda shtab a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi, aholining turmush darajasini oshirish va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasidagi dasturlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Mutasaddilar tomonidan tumanda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va istiqboldagi rejalar yuzasidan aniq takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi va belgilangan rejalarni sifatli bajarish zarurligi ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech