Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova O‘zbekiston Polo federatsiyasi raisi Aziz Rustambayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari hamda federatsiya vakillari ham ishtirok etdilar.
Muloqot davomida Yakkasaroy tumanida polo sportini ommalashtirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tumanda polo bo‘yicha sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turiga qiziqishni oshirish bo‘yicha rejalar belgilandi.
Tomonlar mazkur sport turini keng targ‘ib qilish uchun qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Ushbu tashabbus Yakkasaroy tumanida sport madaniyatini yanada rivojlantirishga, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etishga xizmat qiladi.