Yakkasaroy tumanidagi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kollejida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tantanada tuman hokimi o‘rinbosari D.Rasulmuhamedova, Respublika ishchi guruhi aʼzolari, ustozlar, talaba-yoshlar va mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbir milliy qadriyatlar va anʼanalarni namoyon etuvchi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Navro‘zning asrlardan buyon xalqimiz hayotida tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va yangilanish ramzi sifatida nishonlanishi alohida ta’kidlandi.
Kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bayramga yanada fayz kiritdi. Milliy cholg‘ular sadolari ostida yosh ijrochilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar va mumtoz raqslar mehmonlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.