Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Anvarovna hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari “Rakat”mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadonlariga bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, kundalik hayotidagi muammo va ehtiyojlari o‘rganildi. Xususan, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida yegona reestrda turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zarur yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla faollari, jamoatchilik va mas’ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ul idoralarga manzilli yordam choralarini tezlashtirish va fuqarolarning muammolarini samarali hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.