Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Anvarovna hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari Muqimiy mahallasida yashovchi Qobilova Diyoraxon va Vahabova Mukambarning xonadonlariga bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar.
➡️ Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, kundalik hayotidagi muammo va ehtiyojlari o‘rganildi. Xususan, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida yegona reestrda turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zarur yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Shuningdek, mahalla faollari, jamoatchilik va mas’ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ul idoralarga manzilli yordam choralarini tezlashtirish va fuqarolarning muammolarini samarali hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
✨ Bunday tashriflar joylardagi ijtimoiy vaziyatni o‘rganish, aholi muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir fuqaro e’tibor va g‘amxo‘rlikka loyiq, ularning ijtimoiy himoyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.