Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman Madaniyat boʻlimiga tashrif buyurib, boʻlim faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishdi.
🗣 Tashrif davomida u shu yerda oʻzining konsert dasturiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyeva bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida tumanda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, aholi uchun madaniy tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
💠 Shuningdek, boʻlajak tadbirlar, ularning ahamiyati va sanʼatkorlarning jamoatchilikka taqdim etadigan yangi ijodiy loyihalari haqida fikr almashildi.
✨ Tuman hokimi madaniyat sohasi vakillari bilan yaqin hamkorlik qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash va aholiga sifatli madaniy hizmat koʻrsatish muhimligini taʼkidladi.