Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman Majburiy ijro byurosi boshligʻi Yakkasaroy mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldilar.
Ular Shota Rustaveli koʻchasidagi 122-uyda yashovchi, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar – Temirova Elmira va Zakirova Zulxumorlarning muammolarini oʻrganib, ularga zarur yordam koʻrsatish choralarini koʻrdilar.