Assalomu alaykum!
Hurmatli Yakkasaroy tumani aholisi, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni barchamiz uchun qadrli va aziz boʻlgan Navroʻz bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Navroʻz – tabiat uygʻonishi, yangi hayot boshlanishi va ezgulik gʻalabasi ramzi. Bu bayram asrlar davomida xalqimiz qalbida umid, mehr-muhabbat va hamjihatlik tuygʻularini uygʻotib kelgan. Har bir xonadonga quvonch, baraka va totli damlar olib keladigan shuguna ayyomda barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy baxt va fayzli turmush tilayman.
Yangi kun, yangi umidlar, yangi marralar timsoli boʻlgan Navroʻz barchangiz uchun fayzli va barakali kelsin!
Qalblaringizdan shodlik, yurtingizdan tinchlik arimasin. Yorqin rejalar, ulugʻ niyatlar va ezgu orzularingiz roʻyobga chiqsin!