Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Hurmatli harbiy xizmatchilar va aziz yoshlar!
Avvalambor, Siz, azizlarni butun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman!
Mamlakatimizda mustaqilligimiz qo‘rg‘oni bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz kun sayin taraqqiy etmoqda. Asosiy maqsad – Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlashdir. Bu yo‘lda jasoratli harbiylarimiz, himmatli yurtdoshlarimiz va yosh avlodning faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.
Har bir vatanparvar insonning qalbida yurtga muhabbat, ertamizga ishonch, farzandlarimizning baxtli hayoti uchun mas’uliyat hissi yuksak darajada bo‘lishi kerak. Shunday ekan, Vatan himoyasi nafaqat harbiylarimiz, balki butun xalqimizning muqaddas burchi hisoblanadi.
Siz azizlar – Vatanning haqiqiy iftixori va tayanchi hisoblanasiz!
Fidoyiligingiz, jasoratingiz va vatanparvarligingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida qo‘shgan hissangiz barchaga namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Aziz qalqonlarimiz!
Mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch va osuda hayotining muhim kafolati bo‘lgan Milliy Armiyamiz hamisha yurtimiz salohiyati va qudrati timsoli bo‘lib qolaversin!
Mard va jasur o‘g‘lonlarimiz, askar va ofitserlarimizning yurt oldidagi mardonavor xizmatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilayman!
Har biringizning oilangizga tinchlik, xotirjamlik va fayz tilayman.
Qilayotgan mehnatingiz, yurtga qo‘shayotgan hissangiz albatta xalqimiz duosi, davlatimizning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatan himoyachilari!