24 Mart, 2025 47

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari bilan birgalikda Hamid Sulaymonov mahallasining 33-sonli ko‘p qavatli uyi hududini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mazkur hududdagi mavjud infratuzilma, aholining sharoitlari va ularning takliflari tinglandi. Xususan, yoshlar va sportga qiziquvchi aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida vorkaut maydonchasi barpo etish masalasi muhokama qilindi.

Tuman hokimi Nilufar Allabergenova mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi va uning sifatli hamda o‘z muddatida bajarilishi ustidan qat’iy nazorat olib borilishi belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech