Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova “Tepa” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida mahalladagi 2-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro uy hududini obodonlashtirish va bolalar maydonchasini yangilash bo‘yicha murojaat qildi.
Fuqaroning murojaatiga befarq qolmagan tuman hokimi muammoni joyida o‘rganish maqsadida ushbu manzilga borib, mavjud holat bilan tanishdi. U mazkur masalani ko‘rib chiqish uchun mas’ul tashkilot va shaxslarga aniq topshiriqlar berdi.
Tuman hokimining bevosita joyiga chiqib, muammolarni o‘rganishi fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.