Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurib, mazkur maskanda olib borilayotgan ta’mirlash ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tanishishdan asosiy maqsadi – “Tashabbusli budjet” mexanizmi doirasida amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar ijrosi, ularning bosqichma-bosqich bajarilish jarayonini o‘rganish va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilashdan iborat bo‘ldi.
Hokim obyektda ko‘zda tutilgan rejalar, belgilangan muddatlar va sifat talablarini sinchiklab ko‘rib chiqib, ishlarning har bir bosqichida mas’uliyat, tartib va ijro intizomi muhimligini alohida qayd etdi.
“Talabalar uchun yaratilayotgan sharoit – bu ularning kelajakka ishonchi va bilim olish jarayoniga qo‘shimcha qulaylikdir. Har bir loyiha aynan yoshlar manfaatiga xizmat qilishi shart”-dedi Allabergenova.
O‘rganish yakunida loyihalarning talabalarga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash sharoiti yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati