O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida, Yakkasaroy tumanida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Shu maqsadda, Hamid Sulaymonov mahallasda o‘tkazilgan uchrashuvda Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari, hokim o‘rinbosari D.Rasulmuhamedova, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Asqarov, shuningdek, huquq-tartibot organlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda jamiyatda oila muqaddasligini asrash, ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlarni jinoyatchilikdan himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. So‘nggi paytlarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, ularning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati