Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan zamonaviy shaharsozlik loyihalari orasida Shota Rustaveli ko‘chasini gastronomik turizm markaziga aylantirishga qaratilgan tashabbus alohida ahamiyatga ega. Loyihaning ikkinchi bosqichida amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, mazkur ko‘cha kelgusida nafaqat poytaxt aholisi, balki xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun ham madaniy va gastronomik chorlov markaziga aylanishi rejalashtirilgan.
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi NilufarAllabergenova tegishli o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganish olib bordi
Unda barcha mas’ullarga biriktirilgan hudud va obyektlarda obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini sifatli va tezkorlik bilan olib borish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati