Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasi bugun nafaqat transport harakati uchun qulay yo‘lak, balki shaharning yangi gastronomik va madaniy markaziga aylanmoqda.
Endilikda bu hudud 24 soat, haftaning har kuni faoliyat yuritadigan, zamonaviy infratuzilma, betakror taomlar va dam olish imkoniyatlarini birlashtirgan makonga aylanmoqda.
Yangi hayot, yangi ruh!
Ko‘cha zamonaviy yoritish tizimlari, sayr uchun qulay piyodalar yo‘lakchalari, o‘rindiqlar, dekorativ bezaklar va ko‘ngilochar infratuzilma bilan boyitilib, shaharliklar va sayyohlar uchun jozibali maskanga aylantieish ishlari olib borilmoqda.
Gastronomik sayohatga tayyormisiz?
Turli millat taomlarini taqdim etuvchi restoran va kafelar, street food zonalari, va mahalliy taomlarni zamonaviy talqinda taklif qiluvchi maskanlar bu yerda bir joyga jamlangan. Har bir tashrif buyuruvchi o‘z didiga mos lazzatni topadi!
Madaniy hordiqning yangi manzili
Ko‘chada tez orada ochiq sahnalar, ijodiy chiqishlar, turli madaniy tadbirlar va festivallar muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat mahalliy aholiga, balki xorijlik mehmonlarga ham o‘chmas taassurotlar bag‘ishlaydi.
Rustaveli – bu shunchaki ko‘cha emas, bu tajriba!
Bu hudud endi shaharning yuragi, gastronomik va madaniy hayotining eng muhim nuqtalaridan biriga aylanmoqda.
U yerga tashrif buyurib, siz nafaqat mazali taomlardan bahramand bo‘lasiz, balki Toshkentning yangi qiyofasi bilan tanishasiz.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati