24 Noyabr, 2025 22

Bugun Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari, Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Alisher Usmanov Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida u tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, hokimning birinchi oʻrinbosari Nurbek Shamsiyev hamda masʼul idoralar vakillari bilan birga Hamid Sulaymonov mahallasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallaning ish uslubi, profilaktika inspektori faoliyati, shuningdek, “mahalla yettiligi”ga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib, amaliy ishlar bilan tanishdi.

Masʼullar tomonidan hududda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va bu borada erishilayotgan natijalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech