Xabar berganimizdek, Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari, Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Alisher Usmanov Yakkasaroy tumanida oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.
O‘rganish doirasida u tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, hokimning birinchi oʻrinbosari Nurbek Shamsiyev hamda tegishli idoralar masʼullari bilan birga elektr energiyasini taqsimlovchi punkt faoliyatini oʻrgandi.
Oʻrganish jarayonida aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish, tarmoqda barqarorlikni taʼminlash va mavjud infratuzilmaning holati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati