Bugun Toshkent shahar hokimligining ishchi guruhi hamda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Boshliq” mahallasida bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🗣Mazkur dastur doirasida mahallada infratuzilmani yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish ishlari jadal olib borilmoqda. Ishchi guruh hududdagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
🗣️ Aholining farovonligini oshirish va zamonaviy shahar muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu ishlar nafaqat mahalla ahli, balki butun tuman rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Obod mahalla” dasturi aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, uning ijrosi natijasida tumandagi ko‘plab mahallalar yanada chiroy ochib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.