12 Mart, 2025 44

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalq farovonligini ta’minlash, ularning turmush darajasini yaxshilash va mavjud muammolarni tezkor hal etishdan iborat.

Prezidentimiz tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning dolzarb masalalariga yechim topish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan. 

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman hokim o‘rinbosarlari, tumandagi mas’ul tashkilot korxona mas’ullari bilan tumandagi “Yakkasaroy” mahallasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida “Yakkasaror” mahallasida “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, “Obod-ko‘cha” umummilliy dasturi doirasida mahalla hududidagi 120-uy hududidagi eskirgan bolalar maydonchalari, hududda aholi uchun qulayliklar yaratib berish maqsadida qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Tuman hokimi ko‘p qavatli uyning fasad qismini va ichki qisimlarini ta’mirlash ishlari sifatli olib borilishi bo‘yicha quruvchilarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech