Unda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuxamedova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri D.Mustafoeva, o‘quvchilarning onalari, va yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi so‘zga chiqib, bugungi kunda zamonaviy jamiyat taraqqiyotida ayollar va, ayniqsa, yosh qizlarimiz muhim o‘rin tutayotganligi, mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar jamiyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotganligi, ular o‘z iqtidor va qobiliyatlarini turli sohalarda erkin namoyon etishlari uchun keng sharoitlar yaratib berilganligiga to‘xtalib o‘tdi.
Yosh qizlar ta’limdan tortib, tadbirkorlikka, ilm-fan va san’atgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Ular nafaqat oilada, balki iqtisodiy va ijtimoiy hayotda ham muhim o‘rin egalayotganligi aytib o‘tildi.
Tadbir davomida iqtidorli qizlarga tuman hokimining sovg‘asi va ularning onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.