13 Oktyabr, 2025 23

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumanda joylashgan “Yakkasaroy kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga bordi.

Tanishuv doirasida u mazkur hududda faoliyat yuritayotgan dekor-plastik mahsulotlari ishlab chiqarish sexi bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida hokim korxonada amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va mavjud infratuzilma bilan qiziqdi. Shuningdek, u sexda yaratilgan mehnat sharoitlari, xodimlar soni va ularning bandligi masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Nilufar Allabergenova mazkur sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech