15 Noyabr, 2024 632

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.

Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.

Yarmarka tumanning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidladi.

Nilufar Allabergenova bozorlarda oziq-ovqat barqarorlikni ta’minlash, narx-navoning sun'iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech