18 Mart, 2025 45

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda:

Yakkasaroy tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Yakkasaroy tumanida “Ayollar daftari”ning 2025-yilgi 6-bosqichiga tavsiya etilgan xotin-qizlar ro‘yxatini hamda ularga ko‘rsatiladigan yordamlar bo‘yicha “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Rasulmuxamedova Dilfuza.

Yakkasaroy tumanida “Davlat tili haqida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rasulova Dilnoza.

Yakkasaroy tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Boltaboyev Azizjon.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i Xansaitov Dilshod.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning Yakkasaroy tumanidagi ijrosi, Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2025- yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Mavlonov Sanjar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan 2025-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Tashmatov Xayrullaning hisoboti eshitildi.

Shu va boshqa masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq yettinchi sessiya qarori qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech